Xorazm viloyatida 110 ming dollar, Toshkentda 5 ming dollar olayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Ular bankdagi tanishlari orqali katta miqdorda kredit ajratib berishni va’da qilgan. Jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Toshkentda Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining ijara asosida ajratilgan 2 ga yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bosh prokuratura departamenti yana 3 ta viloyatda noqonuniy yer sotish jinoyatlarini fosh qildi.
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 80 sotix noturar yerni 160 ming dollarga, Samarqand viloyati Payariq tumanida 2,1 gektar yerni 36 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ikkita modda bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
DXX Andijonda gumonlanuvchiga yordam berish evaziga $5 ming olgan tergovchi va bunga ko‘rsatma bergan prokuror o‘rinbosarini ushlaganini ma’lum qildi. Samarqandda esa prokuror yordamchisi ayblanuvchini qamoqdan chiqarish uchun 3 ming dollar so‘ragani aytilmoqda.
Dang‘ara tumanida tabiat resurslari inspeksiyasi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi. Uning taqiqlangan hududda pnevmatik qurol bilan ov qilgan fuqaroga qurolini qaytarib berish evaziga 1 mln so‘m olgani aytilmoqda.
Toshkent viloyatida uch nafar shaxs tadbirkorga «Angren» EIZ hududidan 16 gektar yer olib berishni va’da qilib, buning evaziga $1,4 mln so‘ragan. Ular kelishilgan summadan $300 mingni olayotganda ushlandi. Gumonlanuvchilarga holat bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
RSHTTYOIM Samarqand filiali direktorining o‘rinbosari fuqaroni tug‘uruqxonaga hamshira lavozimiga ishga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumonlanmoqda. U buning evaziga 1400 dollarni olgan vaqtida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yashnobod tumanida ikki fuqaro tadbirkorga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bankdan 2 mln dollar imtiyozli kredit olib berishga va’da qilib, buning evaziga 100 ming dollar ustama puli so‘raganlikda gumon qilinmoqda. Ular 55 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Jomboy tumanida fuqaro davlat zaxirasidagi 80 sotix yerni tanishlari orqali boshqa fuqaroga rasmiylashtirib berishiga ishontirgani va buning evaziga 22 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. U oldindan 11 ming dollarni olganida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Andijonda uch nafar shaxs Toshkentdagi tanishlari orqali fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga ishga, boshqa bir fuqaroni esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 32 ming dollar olganida ushlangani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand tumanida fermer o‘ziga qarashli xo‘jalikning sug‘oriladigan yeridan 1 gektarini fuqaroga issiqxona qurish uchun sotish va hujjatlarni tayyorlab berishni kelishib olgani aytilmoqda. Buning evaziga u 20 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Asaka tuman hokimligi mas’ul xodimi issiqxona qurish uchun 30 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga fuqarodan 15 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. U shundan 8 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bog‘ot tumanida ikki fuqaro tadbirkordan 10 mlrd so‘m kredit olib berish evaziga 45 ming dollar so‘ragani aytilmoqda. Ushbu pullardan 15 ming dollarini olgan vaqtida esa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yangiyo‘lda fuqaroni Qirg‘izistonning O‘sh davlat universitetiga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda.
Samarqandda PSR-testi natijasini soxtalashtirib sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning ukasi «holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish» uchun IIB xodimiga 5 ming dollar bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting